Bepul demo Menyuni ko'rish
Restoran nazorat tizimi

Xizmat sifatini raqam bilan o'lchaydigan tizim

Mehmon necha soniya kutdi, kim javob bermadi, nimadan norozi, xodim ishga keldimi — hammasi bitta hisobotda. Bu raqamlar xodimning qo'lidan o'tmaydi, shuning uchun ularni bo'yab bo'lmaydi.

  • Birinchi oy bepul
  • Kassangiz o'zgarmaydi
  • iOS · Android · qo'l soati
  • 8 til
Asosiy hisobot

Kim qanday ishlayapti

Oy oxirida emas, har kuni. Xulosani tizim chiqaradi — sababi bilan.

Ofitsiantlar · oxirgi 30 kun Servismenu panelidagi ko'rinish
Xodim Javob bergan O'rtacha Javobsiz Tushum Baho Xulosa
Doston Yo'ldoshevofitsiant · 2-zal 2140:110 18.4 mln4.8 Yaxshi
Sardor Aliyevofitsiant · 1-zal 1870:191 15.1 mln4.5 Yaxshi
Jasur Ergashevofitsiant · 2-zal 961:042 7.8 mln4.1 Me'yorida
Aziz Rahimovofitsiant · 1-zal 312:437 3.2 mln3.4 E'tibor bering
Tizim xulosasi: Aziz Rahimov 7 ta chaqiruvga javob bermagan va o'rtacha vaqti zal o'rtachasidan bir necha barobar sekin. → «Hisobot» bo'limida o'sha kunlarni oching va u bilan gaplashing.
Kun soati bo'yicha

Kunlik o'rtacha haqiqatni yashiradi

Kun bo'yi 40 soniya, kechqurun 3 daqiqa bo'lsa ham o'rtacha «1 daqiqa» chiqadi — va siz hech narsani sezmaysiz. Shuning uchun har soat alohida ko'rsatiladi.

Chaqiruvga javob vaqti · soat bo'yicha oxirgi 30 kun · sekin soatlar qizil
0:12
10
0:15
11
0:31
12
0:44
13
0:26
14
0:13
15
0:11
16
0:19
17
0:38
18
1:52
19
2:41
20
2:09
21
0:47
22
me'yorida o'rtachadan 1.5 barobar sekin
Tizim xulosasi: 20:00 da javob 2 daqiqa 41 soniyaga cho'ziladi — kunlik o'rtachadan bir necha barobar sekin. → O'sha soatga yana bitta ofitsiant qo'ying yoki smenani suring.
Eng qimmat jadval

Hech kim bormagan stollar

Bitta past bahodan qimmatroq: mehmon indamay chiqib ketadi va sababini aytmaydi. O'shanda kim smenada bo'lgani shu zahoti yoziladi — keyin hisoblab bo'lmaydi.

Sana va vaqtStolNima so'ralgan NatijaO'shanda smenada edi
14-sentabr, 20:41№ 12Ofitsiant chaqirildi javobsizAziz Rahimov, Jasur Ergashev
14-sentabr, 21:03№ 7Hisob so'raldi javobsizAziz Rahimov
12-sentabr, 19:58№ 3Ofitsiant chaqirildi javobsizAziz Rahimov, Sardor Aliyev
Uchala holatda ham bitta ism takrorlanyapti. Bu tasodif emas — va buni hech kim sizga aytmagan bo'lardi.
Nima o'lchanadi

Menyu — vosita, maqsad emas

Ko'k bilan belgilangani boshqa tizimlarda yo'q — biz maxsus shuning uchun qurilganmiz.

Faqat bizda

Mehmon necha soniya kutdi

Vaqt mehmon tugmani bosgan soniyadan hisoblanadi va javob berilganda muhrlanadi.

Faqat bizda

Kim javob bermadi

Javobsiz qolgan chaqiruv va o'sha paytda kim smenada bo'lgani — o'sha zahoti yoziladi.

Faqat bizda

Mehmon nimadan norozi

O'z so'zi bilan: ovoz, rasm yoki video. Baho xizmat qilgan ofitsiantga bog'lanadi.

QR menyu, 8 tilda

Rasm bilan. Mehmon o'zi buyurtma beradi, ofitsiantni ham shu yerdan chaqiradi.

Xodim ishga keldimi

Kim kech qoldi, necha daqiqa, shu oyda necha kun ishladi va kimga qancha qarzdorsiz.

Qaysi taom foyda keltiryapti

Tannarx, marja va sotuv — taom bo'yicha. Tannarx eskirsa tizim o'zi eslatadi.

Qaysi filial yaxshi ishlayapti

Filiallar yonma-yon: tushum, javob vaqti, baho va QR qamrovi.

Tizimning o'z xulosasi

Raqamni o'zi o'qiydi va nimadan boshlashni aytadi. Muhimi Telegramingizga keladi.

Internetsiz ham ishlaydi

Aloqa uzilsa oxirgi holat ko'rinadi, bosilgan amal navbatga tushadi va o'zi yuboriladi.

Farqi

Bu kassa tizimi emas

Sizda kassa allaqachon bor va biz uni almashtirmaymiz. Biz kassa ko'rmaydigan narsani ko'rsatamiz.

ImkoniyatServismenu Kassa / POSQR menyu dasturlari
Menyu va buyurtmaborborbor
Ofitsiant chaqirishboryo'qba'zisida
Javob vaqti — soniyadamehmon tugmani bosgandanboryo'qyo'q
Javobsiz chaqiruv + kim smenada ediboryo'qyo'q
Baho aniq ofitsiantga bog'lanadiboryo'qyo'q
Ovozli, rasmli va videoli shikoyatboryo'qyo'q
Davomat va oylik hisobiborba'zisidayo'q
Tannarx va foydaborboryo'q
Kassa va fiskal chekyo'qboryo'q
Kassa yo'qligi kamchilik emas — ataylab qilingan tanlov. Ishlab turgan tizimingizni almashtirishga majburlamaymiz.
Qanday boshlanadi

Uch qadam — hammasi onlayn

Botda ariza qoldirasiz

Telegram bot 6 ta savol beradi — bir daqiqa. Tasdiqlangach boshliq, menejer va ofitsiant uchun login-parol o'sha yerga keladi.

Mehmon QR ni ochadi

QR kodlar panelda tayyor — chop etib stolga qo'yasiz. Mehmon ilova o'rnatmaydi, menyu 8 tilda, ofitsiantni ham shu yerdan chaqiradi.

Siz hisobotni ko'rasiz

Telefoningizda yoki kompyuterda. Muhim xulosa shaxsiy Telegramingizga o'zi keladi.

Jonli

Telefoningizda hoziroq sinang

Kodni skanerlang — restoran stolida o'tirganingizdek menyu ochiladi. Taom tanlang, ofitsiant chaqiring, baho qoldiring. Hammasi haqiqiy tizimda ishlaydi.

Brauzerda ochish
Nega aynan soniya

Bu usul allaqachon isbotlangan

29soniya

Dunyodagi fast-food tarmoqlari avtoulov oynasida 20 yildan beri soniya o'lchaydi. Taymer qo'yilgan do'konlar qo'yilmaganidan 29 soniya tezroq ishlaydi. Biz o'sha usulni zalga olib kirdik — farqi bitta: bu yerda taymerni mehmonning o'zi bosadi.

QSR Drive-Thru Report, 2024 · HME ZOOM va Delphi tizimlari 35 000 dan ortiq joyda, 70 mamlakatda ishlaydi
Ofitsiant

Telefonda ham, soatda ham

Ba'zi restoranlarda zalda telefon ishlatish taqiqlangan. Shuning uchun qo'l soati uchun alohida ilova bor — u Wi-Fi ga o'zi ulanadi, telefon umuman kerak emas. Egasi tanlaydi.

Tanlov Ikkalasi ham bitta tizim

Chaqiruv ikkalasiga bir xil keladi, javob vaqti bir xil o'lchanadi. Xodimga qaysi birini berishni egasi hal qiladi — hisobot esa o'zgarmaydi.

  • Soat Wi-Fi ga o'zi ulanadi — telefon kerak emas
  • Bir xil chaqiruv, bir xil hisobot
  • Bitta zalda ikkalasi aralash ishlaydi
12:07 Mehmon chaqiryapti № 3 Yo'ldaman
Qo'l soatida

Bilakda kundalik ish ikki bosishdan oshmaydi. Ekran o'qish uchun emas — u nima qilish kerakligini o'zi aytadi.

  • Chaqiruv jiringlaydi va tebranadi — butun ekranda stol raqami
  • «Yo'ldaman» → «Keldim»: ketma-ket, tanlab o'tirmaydi
  • Ertalab bitta tugma — «Ishga keldim»
  • Stol olish, buyurtma kiritish, taomni «tayyor» qilish
sizning stolingiz bo'sh hamkasbda chaqiryapti

Sinalgan qurilma — Samsung Galaxy Watch4 (Wear OS). Soat Wi-Fi ga o'zi ulanadi: telefonga bog'lanmaydi.

Telefonda

To'liq ish: buyurtma kiritish, menyu, stollar, hisobot. Egasi va menejer uchun ham shu ilova.

  • Menyudan taom tanlab, stolga buyurtma kiritadi
  • Mehmon qo'shgan taomni tekshirib tasdiqlaydi
  • «Piyoz solmang» kabi shartni o'sha yerda yozadi
  • Egasi: davomat, oylik, kim yaxshi ishlayapti, hisobot

Android va iOS. Internet uzilsa oxirgi ma'lumot ko'rinadi, bosilgan amal navbatga tushadi va aloqa tiklanganda o'zi yuboriladi.

Narx

Stol soniga qarab

6 stolli choyxona bilan 40 stolli restoran bir xil to'lamaydi.

Tarif Oylik to'lov O'rnatish Birinchi oy
1–10 stol 250 000 $150 bepul
11–25 stol 500 000 $300 bepul
26–50 stol 1 000 000 $600 bepul
Narxlar so'mda, oyiga. 50 stoldan ko'p bo'lsa — har 25 stolga 500 000 so'm va $300 qo'shiladi. O'rnatish bir martalik: menyuni kiritish, sozlash va xodimlarga o'rgatish.
Egasi uchun

Xodimlaringizni qanday nazorat qilasiz?

Ishga kelish va kechikish · oylik va qarz · kim yaxshi ishlayapti · qaysi soatda odam yetishmayapti · filiallarni taqqoslash. Hammasi boshidan oxirigacha yozilgan.

Biznes tizimi
Savol-javob

Ko'p so'raladigan

Kassamizni almashtirish kerakmi?

Yo'q. Servismenu kassaga ham, oshxonaga ham aralashmaydi. Ofitsiant buyurtmani sizning tizimingizga avvalgidek kiritadi. Biz faqat mehmon bilan nima bo'layotganini ko'rsatamiz.

Xodimlar raqamlarni bo'yay oladimi?

Yo'q. Javob vaqti mehmon tugmani bosgan soniyadan hisoblanadi va birinchi javobda muhrlanadi — keyin uni hech kim, hatto egasi ham o'zgartira olmaydi. Baho ham mehmonning o'z telefonidan keladi.

Mehmon ilova o'rnatishi kerakmi?

Yo'q. QR kodni kamera bilan ochadi — menyu brauzerda ochiladi. Ro'yxatdan o'tish ham, telefon raqami ham so'ralmaydi.

Internet uzilsa nima bo'ladi?

Xodim ilovasi oxirgi holatni saqlab turadi va bosilgan tugmalar navbatga tushadi — aloqa tiklanganda o'zi yuboriladi. Zal ko'rinmay qolmaydi.

Menyuni kim kiritadi?

Biz kiritamiz — o'rnatish to'lovi shuning uchun. Keyinchalik narxni o'zingiz telefondan o'zgartirasiz.

Ofitsiantda telefon bo'lmasa-chi?

Qo'l soati uchun alohida ilova bor. Soat Wi-Fi ga o'zi ulanadi, telefon umuman kerak emas. Egasi tanlaydi.

Birinchi oy bepul

Restoraningizda nima bo'layotganini bugundan bilasiz

Ariza Telegram botda — bir daqiqa. Avval bir oy ishlatib ko'rasiz, keyin to'laysiz. Kassangiz o'zgarmaydi.